avatar
Куч
13.74
Рейтинг
+5.94

Tulkin Yusupov

Мақолалар

Google o‘zining mahsulotlarini ishlatish uchun cookie ishlatmaydigan mobil qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoqchi

Информационные технологии

Meni fikrimcha, bu ko‘pchilik uchun tegishli bo‘lmagan yangilik, lekin bilib qo‘yish zarar qilmaydi. Google yaqin orada, o‘zining mahsulotlarini ishlatish, ya‘ni ro‘yhatdan o‘tish yoki kirish uchun cookie ishlatmaydigan mobil qurilmalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoqchi. Boshqacharoq qilib aytganda, bundan buyog‘iga eski mobil qurilmalarda Gmail, Google+ va hokazo servislarini ishlatish to‘xtatiladi. Google Qidiruv yoki Google Xaritalar ishlashi mumkin, chunki ular cookieni talab qilmaydi. Bu o‘zgaruv 1-chi maydan ishga tushiriladi, shuning uchun agar haliyam 5-6 yilgi mobil qurilmani ishlatsangiz, yangilash vaqti keldi.



Bog'lama:
1. Rasm Google Qidiruvida qidirib topilgan.
2. Bu maqola engadget.com veb-sahifasidan olingan va o‘zbek tiliga tarjima qilishga harakat qilingan.


Manba: coder.uz/blog/564.html 

“Android 4.0 Ice Cream Sandwich”ga apgreyd qilinadigan HTC smartfonlari ro‘yxati – rasmiy

Блог им. iblogger
Tayvanning HTC kompaniyasi o‘zining rasmiy blogida operatsion tizimini eng so‘nggi “Android 4.0 Ice Cream Sandwich”ga yangilash mumkin bo‘lgan smartfonlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxat o‘z ichiga 16 xil smartfonni oladi.
Hozircha, “Android 4.0 Ice Cream Sandwich” yangilanish faqatgina “HTC Sensation” va “HTC Sensation XE” smartfonlari uchun tarqatilmoqda xolos. Keyingi bosqichda esa “HTC Sensation 4G” va “HTC Sensation XL” uchun yangilanish chiqariladi.
 

 













Shunday qilib, quyidagi ro‘yxatdagi HTC smartfonlarining operatsion tizimini “Android 4.0 Ice Cream Sandwich”ga o‘zgartirish (apgreyd qilish) mumkin:
*DROID Incredible 2 by HTC
*HTC Amaze 4G
*HTC Desire S
*HTC Desire HD
*HTC EVO 3D
*HTC EVO Design 4G
*HTC Incredible S
*HTC Sensation
*HTC Sensation XL
*HTC Sensation 4G
*HTC Sensation XE
*HTC Raider
*HTC Rezound
*HTC Rhyme
*HTC Thunderbolt
*HTC Vivid

Manba: coder.uz/blog/555.html 

Coder.UZ onlayn hamjamiyati

События Узнета



CODER.UZ
 onlayn hamjamiyati loyihasi — o‘zbek tilida Axborot Texnologiyalariga oid eng so‘nggi yangiliklar, maqolalar, tahlillar va mavzular yuzasidan muhokamalarga bag‘ishlangan.

CODER.UZ onlayn hamjamiyati o‘zbekzabon barcha Axborot Texnologiyalariga qiziquvchi, shu soha vakillari hamda barchaga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur saytda o‘z shaxsiy bloglarini yuritib borishi, jamoaviy bloglarga qatnashgan holda o‘z fikr va mulohazalarini bildirib borishi mumkin. 

Bu o‘zbek AT olamidagi barcha kishilarning o‘zaro hamkorligini, hamjihatliligini va salohiyatini oshirib borishiga xuzmat qiladi. Shuningdek, do'stlar va tajriba orttirish, o‘zbek tilida yangiliklardan xabardor bo‘lish, Axborot Texnologiyalariga oid bilimlarini va qarashlarini kengaytirib borish hamda o‘z tajribalarini va ilmlarini boshqalarga ma'lum qilib borishga yordam beradi.

Dunyoda eng tez internet qayerda?

Internet hoshiyasidagi bitiklar

Bugun Google Reader’imdagi yangiliklarni o‘qib o‘tirsam, bir yangilik e’tiborimni tortdi. Yangilik “В Вильнюсе самый быстрый интернет в мире” deb nomlangan edi. Darhol yangilikni o‘qishga tushdim, unda Net Index resursi ma’lumotlariga ko‘ra, eng tez interneti bo‘lgan shahar – Vilnyus (Litvaning poytaxti) ekanligi yozilgan edi. Vilnyusda internet ma’lumotlarini uzatish tezligi soniyasiga 36 Mbit’dan ortiqroqni tashkil qilar ekan. Yangilik davomida esa, Litvaning bu sohada liderligi va axborot texnologiyalarining o‘ta tezkor rivojlanib borilayotganligi ta’kidlab o‘tilgan edi.
Men mazkur ma’lumotni tekshirish uchun Google’ga Net Index deb qidirib, Net Index by Ookla saytiga tashrif buyurdim. Sayt internet tezligi borasidagi eng ishonchli statistikalarni berib boruvchi manba ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tgan edi. Birinchi bo‘lib, dunyo xaritasi degan qismida, Litva davlatini tanlab, davlat xaritasidagi eng katta sharlar qaysi shaharga tegishli ekanligini bilishga qiziqdim. Litvadagi eng tez internet ko‘rsatkich 36Mbit emas, balki 42.66 Mbit va mazkur internet tezligi Vilnyus shahriga emas, Jonava shahriga tegishli edi. Keyin xaritaning pastidagi shaharlar bo‘yicha statistikani qaraganimda, Vilnyus hatto birinchi uchlikka ham kirmas edi. Jonava shahridan keyin Marijampole (37,83 Mbit), Palanga (37,53 Mbit) va Vilnyus (36,21 Mbit) shaharlari ko‘rsatilgan edi.

Stiv Jobs va uning uch hikoyasi (2-qism)

Internet hoshiyasidagi bitiklar

Uchinchi hikoyam – o’lim haqida.
17 yoshligimda, bir iqtibosga ko’zim tushgan edi, mazmuni quyidagicha edi: “Agar siz har bir kuningizni xuddi oxirgi kuningizday o’tkazayotgan bo’lsangiz, qachondir siz haq bo’lib chiqasiz.” Mazkur iqtibos menga katta taassurot qoldirgan va haligacha, mana deyarli 33 yil davomida har kuni oynaga qarayman va o’zimdan so’rayman: “Agar bugungi kuning hayotingning oxirgisi bo’lsa, bugun qilmoqchi bo’lgan ishlarimni qilar edimmi?” Bir necha kunlar davomida bu savolga javob “Yo’q” bo’laverganidan so’ng, men nimadirni o’zgartirishim kerakligini tushunar edim.

Stiv Jobs va uning uch hikoyasi (1-qism)

Internet hoshiyasidagi bitiklar



Stiv Jobsning Stenford universiteti bitiruvchilari oldidagi nutqidan.

“Bugun dunyoning eng yaxshi universitetlaridan birining diplom topshirish marosimida sizlar bilan birga bo‘lish men uchun katta sharaf. Men institutni tugatmaganman. Bugun sizlarga hayotimning uch hikoyasini aytib bermoqchiman. Shu xolos. Ortiqcha hashamatsiz. Oddiygina uchta hikoya.

Kitobdan qanday qilib samarali tarzda o’rganish mumkin?

Блог им. iblogger
1. Hammasini o’qishga shoshilmang. Qancha ko’p tushuna boshlasangiz, shuncha kam yodda saqlashga urinasiz.

Yuzaki o’qimang. Tanaffus qiling va o’ylab oling. Agar kitobda sizga savol berilgan bo’lsa, uni e’tibordan chetda qoldirmang. Tasavvur qiling, kimdir sizga haqiqatda savol bilan murojaat qilyapti. Muammoning yechimini topishga o’zingizni qanchalik chuqur majbur qilsangiz, shunchalik ko’p ehtimollik ila, mavzuni eslab qolasiz va o’zlashtirasiz.

Интернет ҳошиясидаги битиклар

Internet hoshiyasidagi bitiklar
Антивирус ўрнатмаслик учун вирус туширмаслик керак.

Twitter деганлари бало. Медведов ҳам, Арнолд Ш. ҳам, Билл Гейтс ҳам, мен ҳам твиттерга ёзиб борамиз.

Олдинлари маълумот камлигидан битта нарса қайта-қайта ёзиларди, олди-қочди гаплар билан кўпайтириларди. Энди эса бошқача. Ахборот, маълумот шунчалик кўпки, энди биз кўпдан кам ёзишни ўрганишимиз керак.

Ҳаётим — уйдаги компьютер билан ишдаги компьютер оралиғи. Интернет — ҳаёт саҳнаси.