Google o‘zining mahsulotlarini ishlatish uchun cookie ishlatmaydigan mobil qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoqchi
Информационные технологииMeni fikrimcha, bu ko‘pchilik uchun tegishli bo‘lmagan yangilik, lekin bilib qo‘yish zarar qilmaydi. Google yaqin orada, o‘zining mahsulotlarini ishlatish, ya‘ni ro‘yhatdan o‘tish yoki kirish uchun cookie ishlatmaydigan mobil qurilmalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoqchi. Boshqacharoq qilib aytganda, bundan buyog‘iga eski mobil qurilmalarda Gmail, Google+ va hokazo servislarini ishlatish to‘xtatiladi. Google Qidiruv yoki Google Xaritalar ishlashi mumkin, chunki ular cookieni talab qilmaydi. Bu o‘zgaruv 1-chi maydan ishga tushiriladi, shuning uchun agar haliyam 5-6 yilgi mobil qurilmani ishlatsangiz, yangilash vaqti keldi.
Bog'lama:
1. Rasm
2. Bu maqola
Manba: